O‘zbekiston | 21:23 / 16.10.2016
21765
7 daqiqa o‘qiladi

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

Foto: Kun.uz

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

10 oktabrning eng muhim xabarlari

Shavkat Mirziyoyev Senatga Konstitutsiyaning 24 yilligi munosabati bilan amnistiya e'lon qilish to‘g‘risida taqdimot kiritdi.

Toshkent hayvonot bog‘iga Qozog‘istondagi hayvonot bog‘idan jirafa olib kelindi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bergan.


Foto: tashkentzoo.uz

Urush yuz bergudek bo‘lsa, Sankt-Peterburg fuqarolariga 20 kun mobaynida bir sutkada 300 grammdan non berilishi kafolatlanadi. Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko shunday qarorni imzolagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jahon energetika kongressida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga yetib bordi.


Foto: RIA

Videoxosting xizmatini ko‘rsatuvchi YouTube saytidagi RealLifeLore kanali turli xil atom bombalarining portlashi qiyoslangan videoni havola etdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

11 oktabrning eng muhim xabarlari

O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida qonun ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov bilan suhbatlashdi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kelasi yildan Ispaniyaning Barselona shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, aviakompaniyaning turizm bo‘limi rahbari Rustam Qo‘rg‘onboyevga asoslangan holda Podrobno.uz. sayti yozmoqda.


Foto: airoportsineurope.com

Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" gaz quvurini qurish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 11 oktabrdan Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi.


Foto: elespanol.com

Internet tarmoqlarida bir vaqtning o‘zida 285 ilonni ozodlikka chiqarilishi ko‘rsatilgan video paydo bo‘ldi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

12 oktabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiyani qo‘llash to‘g‘risidagi aktni qabul qildi, deb xabar berdi 1news.uz sayti.

Iroqda IShID jangarilarining portlovchi moddalar joylangan drondan foydalanishi oqibatida ikki nafar fransuz askari jiddiy jarohatlangan, deb xabar qiladi Reuters agentligi.


Foto: EPA

Singapur qurolli kuchlari o‘z harbiy xizmatchilarini Avstraliya hududida tayyorlaydi. 12 oktabr, chorshanba kuni Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull va  Singapur bosh vaziri Li Syan Lun o‘rtasidagi muzokaralar yakunida shunga kelishildi.

Foto: Twitter

Isroilliklar bir kunga tashqi dunyo bilan aloqalarini uzib, odatdagi faoliyatlariga chek qo‘yishdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

13 oktabrning eng muhim xabarlari

Shu yilning noyabr oyidan boshlab sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi ayrim xodimlarning tarif stavkalariga maxsus oylik ustama to‘lov tizimi joriy etiladi.

O‘tgan yakshanba kuni salomatligi keskin yomonlashgan Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet (Rama to‘qqizinchi) bugun, 12 oktabr kuni 89 yoshida olamdan o‘tdi.


© AP Photo

Shimoliy flot gidrograflari Yangi Yer arxipelagi (Rossiya) tarkibida ikki orolning kashf qilinganini tasdiqlashdi.

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili mintaqada yuz bergan kuchli dovul sababli favqulodda holat joriy qildi.


Foto: telegraf.ua

BMT Bosh Assambleyasi 13 oktabr kuni Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni tashkilotning to‘qqizinchi bosh kotibi lavozimiga saylash masalasini ko‘rib chiqadi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

14 oktabrning eng muhim xabarlari

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 yilning 5-14 oktabr kunlari Andijon va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Suriya prezidenti Bashar Asadning bayonot berishicha, Suriya inqiroziga barham berish uchun to‘g‘ri kelgan odam bilan emas, balki yer yuzidagi terrorchilarga qarshi kurasha oladigan va ta'sirli siyosiy kuchlar bilan muzokaralar olib borish lozim.


Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari aviatsiya guruhini boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha Suriya hukumati bilan imzolangan kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Turkiyaning Antaliya va Kemer shaharlari o‘rtasidagi trassaga raketa zarbasi berildi. Snaryad baliq mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konga kelib tushgan.


Foto: CNN Turk

Rossiya poytaxti Moskva shahrida birinchi qor yog‘di, deb xabar qilmoqda «Gazeta.Ru».

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

15 oktabrning eng muhim xabarlari

Kun.uz saytining “O‘zstandart” agentligidagi manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori Qurbonov Abdusalom Qobulbekovich lavozimidan ozod etilgan.

Varshavadagi turar joy binosida qo‘lbola bomba portladi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi.


Foto: ukrainnews

AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat Milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazgan. Unda Suriyadagi vaziyat hamda IShID terrorchilik guruhini zaiflashtirish va batamom yo‘q qilish masalasi muhokama etilgan.

Hindistonning Goa shtatida Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.


Foto: Twitter/MIB India

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Tszinpin Goada bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti vaqtida Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

Mavzuga oid