Jahon | 20:42 / 17.10.2016
27545
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti: Inson huquqlariga tupurganman

Foto: Reuters

Filippinning yangi prezidenti Rodrigo Duterte Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda giyohvand moddalarga qarshi kurashda "inson huquqlariga tupurgani borligini" aytdi.  

Duterte giyohvand moddalarni tarqatish va iste'mol qilishda gumonlanib qatl etilgan 3,5 ming filippinlikni, jumladan bunga aloqador bolalarni "zararkunandalar" deb atadi. Prezidentning aytishicha, bolalarning qatl etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bu holat tergov qilinadi.  

"Agar siz mening mamlakatimni barbod qilsangiz, men sizlarni o‘ldiraman", deb aytdi Duterte hamda o‘z harakatlarini mamlakatning kelajak avlodi haqida qayg‘urayotgani bilan tushuntirdi.

The Guardian nashrining ma'lum qilishicha, Duterte giyohvandfurushlar va giyohvandlarni yo‘q qilish bo‘yicha politsiyaning maxsus otryadlarini yaratgan. Maqolada aytilishicha, otryad a'zolari ko‘p hollarda politsiya kiyimi kiymasdan yurishadi hamda gumonlanuvchilarni qorong‘u payt yo‘q qiladilar.

Mavzuga oid