Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatida yer uchastkalari kimoshdi savdosi tashkil etila boshlandi
Foto: Namangan.uz
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on va Norin tumani hokimiyatlari viloyatda birinchilardan bo‘lib, savdo, xizmat ko‘rsatish va servis binolarini barpo etish uchun yer uchastkalarini kimoshdi savdosida sotishni yo‘lga qo‘ydi, deb yozmoqda Nuz.uz sayti.
Xabarlarga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on, Norin, Kosonsoy, Uychi tumanlari hokimiyatlari tomonidan qo‘yilgan jami 56ta yer uchastkasiga talabgorlar son 200 nafardan ortiq bo‘lgan.
“Kimoshdi savdolari xolis tashkil etildi, boshlang‘ich narxlar esa barchaga ma'qul edi”, – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan Uychi tumanilik tadbirkor Dilorom Keldiyeva.
U ayniqsa yer uchastkasini taqsimlashning yangi usulidan ko‘ngli to‘lganini aytgan. Endilikda, Keldiyeva Jidakapa qishlog‘ida 500 kvadrat metr maydonli ikkita yer uchastkasiga ega bo‘lib, ulardan birida qurilish materiallarini ishlab chiqish sexini barpo etsa, ikkinchisida dorixona qurishini aytgan.
«Ko‘chmas mulk savdo xizmati» MChJning Namangan bo‘limi Pop va Mingbuloq tumanlari bilan birga navbatdagi savdolarni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
06:00 / 19.02.2026