Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlament «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqish masalasi muhokama etildi.
Ta'kidlanganidek, qonun loyihasi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Majlisda Qonun loyihasi fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratishi, xususiy mulk huquqiga g‘ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga shuningdek, ishchanlik faolligi o‘sishiga hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
- Qonun loyihasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtirokining nazarda tutilayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ladi, - deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zosi Shuxrat Mamajonov.
Kengash Qaroriga muvofiq, qonun loyihasiga Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas'ul etib belgilandi va ishchi guruhi shakllantirildi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasining shu yil 20 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi.
Manba: parliament.uz
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
12:19 / 15.05.2026
Poraxo‘r kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026