Sport | 20:42 / 17.10.2016
6061
2 daqiqa o‘qiladi

Skoulz «Liverpul» va «MYu» bahsi arafasida jamoalarning kuchli va kuchsiz jihatlarini sanadi

Foto: VVS

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz o‘z sobiq jamoasining APL 8-turida «Liverpul»ga qarshi «Enfild» o‘yingohida kechadigan uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Agar bu o‘yinga stavka qo‘yishga to‘g‘ri kelganda, men „Liverpul“ni tanlagan bo‘lardim. Mourino „Manchester Yunayted“da hech qachon tarkibni tanlay olmayapti. „Chelsi“da unda 13-14 nafar futbolchi bo‘lardi va u har safar shu futbolchilarni maydonga tashlardi. U Liga Kubogida yoki boshqa kichik turnirlarda ham asosiy tarkib futbolchilariga dam berishni xayoliga keltirmas edi. „MYu“da barchasi tiklanish jarayonida – bu muayyan vaqtni talab qiladi. Hozircha ularda jamoani g‘alaba sari yetaklaydigan futbolchi yo‘q.

„Liverpul“ haqida nima deyman?  Klopp o‘z yo‘lini topib olgan, u jamoaga qanday futbol o‘ynashni belgilab bergan. Ularning o‘yini tez harakat qilib, to‘pni raqibdan tezlik bilan tortib olishga qaratilgan. Menda „Liverpul“ himoyasi bo‘yicha ba'zi shubhalar mavjud, lekin ular shu vaqtgacha bir necha kuchli jamoalar bilan o‘ynashdi va qanday xavfli ekanliklarini ko‘rsatishdi», — degan Skoulz.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid