Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uolkott «Arsenal»ning chempionlik uchun imkoniyatlari haqidagi savolga javob qaytardi
Foto: Sky Sports
«Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Teo Uolkott Angliya chempionati 8-turida «Suonsi»ga qarshi kechgan va 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyin bergan intervyusida «Arsenal»ning joriy mavsumda chempionlik uchun imkoniyatlariga baho berib o‘tdi.
«Suonsi»ga qarshi o‘yinda biz kerakli vaqtda diqqatli bo‘lishimiz, vaqti kelganida xotirjam harakat qilishimiz talab etilardi. Biz yakunda g‘alabaga erishdik, men bu o‘yinda 3ta gol ursam ham bo‘lardi. Jamoa o‘yinni yuqori notada yakunlashi ham mumkin edi.
Men turnir jadvalini kuzatmayman, gapim rost. Menimcha, biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishda davom etishimiz kerak. Qolgan jamoalar «Arsenal»ning natijalarini kuzatishsin. Biz sifatli futbol ko‘rsatib, o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak.
Bizning hozirgi tarkibimiz va jarohatdan tuzalib safga qo‘shiladigan futbolchilarni hisobga olib, mavsumda nimaga erisha olamizmi?
Men bir narsani aniq aytishim mumkin: hozirdan Angliyada kim chempion bo‘lishini aytib bo‘lmaydi. Bu mavsumda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi», — deya qayd etgan Uolkott.
Mavzuga oid
07:51 / 08.04.2026
«Real» Madridda yutqazdi, «Arsenal» g‘alaba bilan qaytdi. Kun o‘yinlari
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026