Jamiyat | 20:10 / 17.10.2016
18472
2 daqiqa o‘qiladi

Joli-Pittning sobiq tan soqchisi o‘zini bolalarning norasmiy otasi deb atadi

Hollivud aktyorlari Anjyelina Joli va Bred Pittlarning sobiq tansoqchisi o‘zini bolalarning norasmiy otasi deb atadi. Bu haqida The Sun nashri ma'lum qildi. Mark Billingem 18 oy davomida mashhur yulduzlar xonadonida  ishlagan. 

Manbada ta'kidlanishicha, tansoqchi juftlikning farzandlariga shu qadar yaqinlashib ketganki, hatto o‘zini ularning norasmiy otasidek his qila boshlagan. 

"Men Bred va Anjyelina xavfsizlik xizmatining rahbari edim", - deb so‘zlaydi Billingem. Uning so‘zlariga ko‘ra, Joli-Pitt juftligi farzandlarining o‘g‘irlanish xavfidan juda qo‘rqqan. 

Foto:SPLASH NEWS

Tansoqchi Joli-Pitt jamoasining oilaga yaqin bo‘lgan kam sonli xizmatchilaridan biri edi. "Men doim ular bilan yashardim. Bolalarni istagan joyimga mustaqil ravishda olib ketishim mumkin edi. Boshqa hech kimga ijozat berilmasdi", - deya ta'kidladi u. 

"Men suzishga ham ularni birga olib borardim. Mohiyatan olib qaralsa, men ularning otasi edim", - deya qo‘shimcha qildi sobiq tansoqchi. 

Billingem o‘zining 6 nafar farzandiga vaqt ajrata olmaganligi sababli bu ishini tark etgan. Hozirda u Britaniyaning SAS: Who Dares Wins dasturi instruktori sifatida faoliyat olib bormoqda. 

Foto: XPOSURE

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid