Inson huquqlari faoli O‘zbekistonda bolalar zo‘ravonligi kamaymayotgani sabablari haqida gapirdi
Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Kun.uz’ga bergan intervyusida O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari kamaymayotgani sabablari haqida gapirdi.
“Bu ishni ikki qismga ajratish kerak. Birinchidan, jinoyatchiga nisbatan o‘ta yengil jazo berilganligi jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lyapti. Buni qonunchilikdagi bo‘shliqlar bilan malakalash mumkin. Ikkinchidan, bu soha nega muammolardan chiqmayapti, degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan malakalanadi. Umumlashtirib olsak, korrupsion omillar, qonunchilikdagi bo‘shliqlar, an’ana shakliga kelib qolgan nimalardir bor. Bu illat sovet davrida ham bo‘lgan, mustaqillikning dastlabki yillarida avj oldi, 2018/19/20-yillarda ham bunday noxush holatlar bo‘ldi. Ya’ni bu yerda barcha omillar bir-birini yetaklab kelaveradi”, – dedi u.
Huquq faoliga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksida pedofiliya jinoyatlari alohida ajratilmagan. Masalaning og‘ir nuqtalaridan biri ham shu.
“Oilaviy zo‘ravonliklar ham shunday. Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan oilaviy zo‘ravonlikka oid qonun hujjati qabul qilinyapti, lekin bu hujjat ham to‘liq shaklda emas. Bu muammolar mamlakatning taraqqiyot darajasi, demokratlashuvi yo‘li bilan bog‘liq. Xalqaro tajribada o‘tgan asrning 30-40-yillarida Yevropada ham bizdagi holat bo‘lgan. Bu narsa iqtisodiy holat bilan ham bog‘liq, chunki har bir muassasaga pul ajratish kerak va hokazolar.
JKda «pedofiliya» so‘zining o‘zi yo‘qligi, tan olinmaganligi — juda katta fojialardan biri. Omillarga qaytadigan bo‘lsak, hokimiyat idoraviy boshqaruvida bo‘shliqlar bor. Aytaylik, nega Marg‘ilondagi, Qo‘qondagi hodisalardan keyin xulosa chiqarilmadi? Demak, bu sohaning shunday muammolari bor.
2020 yilda prezident tashabbusi bilan bu soha Milliy gvardiya vasiyligiga biriktirilgan edi. Lekin Milliy gvardiya buni bo‘yniga oladigan darajada katta tashkilot emas, ular o‘zining ishidan ortmaydi. Ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarga e’tibor bersak, bu sohaga juda katta ijtimoiy mablag‘lar ajratiladi. O‘zbekiston esa hozirgi iqtisodiy salohiyati bilan bu muammoni qamrab olishi qiyin. Uchinchidan, rahbar xodimlarning etikasi. Hatto markaziy apparatda ham pedofillarning sherigi bor ekan, degan gaplar eshityapmiz”, – dedi Abdurahmon Tashanov.
Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

22:02 / 11.04.2025
Yuridik universitetning ikki o‘qituvchisi inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovni sudga berdi

13:47 / 27.01.2025
Abdurahmon Tashanov o‘ziga bosimlar boshlanganini ma’lum qildi

14:37 / 05.12.2024
«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

11:33 / 15.11.2024