Senatning öttiz töqqizinçi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni ma’qullandi.

Qonun bilan 5 ta kodeks va 10 ta qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda. Ulardan eng muhimlariga töxtalib ötamiz.

Jinoyat kodeksida:

– ayolni öz homilasini sun’iy ravişda tuşirişga majburlaşni (115-modda) 60 mln sömgaça jarima yoki 5 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolaş taklif etilmoqda. Bu turdagi jinoyat uçun amalda 15 mln sömgaça jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi belgilangan;

– nomusga tegiş yoxud jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş (118, 119-moddalar). 1-qismi uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, 2-qismi uçun 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi taklif etilyapti. Amalda 1-qismi 3 yildan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, 2-qismi esa 7 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni taşkil etadi;

– şaxsni jinsiy aloqa qilişga majbur etganlik uçun (121-modda) 1-qismi 480 soatgaça majburiy jamoat işlari, 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki ozodlikni çeklaş yoxud ozodlikdan mahrum qiliş; 2-qismi 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş, 3-qismi oğirlaştiruvçi holatlarda 5 yildan 8 yilgaça qamoq ozodlikdan mahrum qiliş közda tutilmoqda. Amalda 1-qismida 300 soatgaça majburiy jamoat işlari, 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari; 2-qismida 480 soatgaça majburiy jamoat işlari, 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş belgilangan;

– 16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş (128-modda). Bu turdagi jinoyatni qilgan şaxs endilikda 1-qismi 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş, 2-qismi 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, 3-qismi 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin. Amalda bu jinoyat 1-qismi 480 soatgaça majburiy jamoat işlari, 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş, 2-qismi 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş, 3-qismi 5 yildan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi;

– 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uçun (129-modda) 1-qismi 2 yildan 3 yilgaça ozodlikdan çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş, 2-qismi 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş, 3-qismi – agar öşa harakatlar zörlik işlatib yoki qörqitib sodir etilgan bölsa – 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazo belgilaş taklif etilmoqda. Amalda 1-qismi 360 soatgaça majburiy jamoat işlari, 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari; 2-qismi 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş belgilangan;