Jahon | 19:57 / 18.10.2016
12252
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asadning rafiqasi g‘arb jurnalistlarini noxolislikda aybladi

Telegram.me

Suriya prezidenti Bashar Asad rafiqasi Asma Asad bir necha yil ichidagi birinchi intervyusini Rossiya televideniyesiga berdi, deb xabar bermoqda "Vesti.Ru".

Asma Asad muxbir Anna Afanaseva bilan suhbatda g‘arb OAV Suriyadagi voqealarni to‘liq hajmda yoritmayotgani va ba'zi narsalar haqida gapirmayotganini aytdi.

"Nimaga Zara qishlog‘idagi bolalar taqdiri Aylan va Omran bilan yuz bergan fojia kabi OAVda yoritilmadi? G‘arb OAV bu fojialar ularga to‘g‘ri kelgani uchun unga e'tibor qaratishgan. Aynan G‘arb bu ixtilofda ishtirok etayotgan bizning bolalarni ularning ota-onalari siyosiy qarashlariga ko‘ra ajratdi", deb aytdi Asma Asad.  

Asadning rafiqasi Aylan Omran kabi suriyalik bola bo‘lganini aytdi. "Ularning barchasi – begunoh bolalar, ularning o‘limi Suriya uchun yo‘qotishdir", deb qo‘shimcha qildi Asad.

U shuningdek Halabdagi vaziyat haqidagi axborotga izoh berdi. "Aslida vaziyatning qanchalik jiddiyligini ta'riflash murakkabdir. Odamlarning ko‘chib yurishi, ocharchilik, kasalliklar, azob-uqubatlar – bularning barchasi misli ko‘rilmagan musibatdir", deb aytmoqda Asad.   

Asadning aytishicha, "g‘arb OAVlari qochqinlar va qurollangan guruhlar nazoratidagi hududlarda joylashgan odamlarning qiyin ahvoligagina e'tibor qaratishni afzal ko‘radi". 

Uning tushuntirishicha, ko‘pchilik majburiy ko‘chib ketgan odamlar Suriyaning qolgan hududida yashamoqda va ular ham qolganlar kabi muhimdir.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid