Sport | 12:11 / 18.10.2016
7495
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada joriy mavsumdagi eng raqobatbardosh chempionat qaysi?

Yevropadagi milliy chempionatlarning hech biri 2016/17 yilgi mavsumda La Ligachalik raqobatbardoshlik ko‘rsatmayapti

A Seriya, Liga 1 va Erediviziyada birinchi va ikkinchi o‘rindagi jamoalar orasidagi farq 3 ochkodan ortiqni tashkil qilmoqda. Bundesligada birinchi va to‘rtinchi o‘rin vakillari orasidagi farq 3 ochkoga teng. La Ligada esa — oltinchi o‘rindagi jamoa nazariy jihatdan bitta turdan keyin birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish mumkin - farq 3 ochko.

«Atletiko» va «Real» turnir jadvalida 8 turdan keyin 18 ochkodan to‘plab birinchi va ikkinchi o‘rinlarda joylashgan, bu jamoalarni 17ta ochkoga ega «Sevilya», 17 ochkodan jamg‘argan «Barselona» va «Vilyarreal» hamda 15 ochkosi bor «Atletik» Bilbao ta'qib etmoqda.

Bu borada La Ligaga faqat APL yaqin keladi. Bu chempionatda birinchi va beshinchi o‘rinlarni 3 ochkolik farq ajratib turibdi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlardagi «Manchester Siti» va «Arsenal» 19tadan ochkoga ega, beshinchi o‘rindagi «Chelsi»da 16 ochko bor. 

La Ligada 2006/07 yillar mavsumidan beri birinchi oydan keyin bunchalik kuchli raqobat qayd etilmagandi, o‘shanda kuchli oltilikni «Barselona», «Sevilya», «Real» Madrid, «Saragosa», «Valensiya» va «Xetafe» jamoalari tashkil qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid