Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook o‘z foydalanuvchilariga omadli suhbat qurishi uchun yordam bera boshladi
Facebook messenjeri foydalanuvchilari yangi funksiyaga e'tibor qaratishdi: suhbatdoshlar ismi ostidagi aloqa ro‘yxatida bu inson bilan suhbatni boshlash uchun nimadan so‘z ochish yaxshiroq ekanini ko‘rsatuvchi belgi paydo bo‘ldi. Bu haqida TechCrunch xabar bergan.
«Do‘stlar»ni suhbatga tortish uchun messenjer foydalanuvchining so‘nggi marotaba qilgan ishlari, jumladan, tinglagan musiqasi, qayerda bo‘lgani yoki rejadagi tadbiri haqida ko‘rsatib o‘tadi.
Umumiy qiziqishga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarning avatari aloqalar ro‘yxatidagi maxsus blokda guruhlangan.
TechCrunch tomonidan yozilishicha, yangi funksiya iOS ishlatuvchi cheklangan miqdordagi odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. U keng ommaga taqdim etilishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Facebook ma'lumotiga ko‘ra, messenjerning faol a'zolari soni oyiga 900 milliondan oshmoqda.
Mavzuga oid
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
13:12 / 13.12.2025
Apple iOS 26.2 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
11:18 / 04.11.2025
Apple iOS 26.1 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
14:14 / 31.10.2025