Yangilanishda Liquid Glass dizayni yanada moslashuvchan bo‘ldi. Endi blokirovka ekranidagi soatning shaffofligini qo‘lda sozlash mumkin. Xavfsizlik ham kuchaytirildi: AirDrop orqali notanish qurilmalardan fayl qabul qilishda tasdiqlash kodi talab qilinadi. Apple Music’da esa yuklab olingan qo‘shiqlarning matnlari internetsiz ham ochiladi.
Sun’iy intellekt podkastlarni avtomatik ravishda bo‘limlarga ajratib beradi, bu esa uzun epizodlarni qulayroq tinglashga yordam beradi. Eslatmalar ilovasida muhim vazifalar uchun budilnik qo‘yish imkoni paydo bo‘ldi va u Fokus rejimlari yoqilgan paytda ham ishlaydi. O‘yinlar kutubxonasiga yangi filtrlar qo‘shilib, o‘yinlarni tezroq topish osonlashdi, kontrollerlar bilan moslik ham kengaydi.
iPad’da ko‘p vazifa bilan ishlash yanada qulaylashdi, AirPods uchun «Jonli tarjima» funksiyasi Yevropa hududida ishga tushmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda Apple boshqa platformalar uchun ham 26.2 versiyalarini chiqardi, macOS’da esa ekranga yorug‘ halqa beruvchi Edge Light funksiyasi paydo bo‘ldi.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.











