Jahon | 20:40 / 18.10.2016
9554
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti o‘zining jinoyatchilikka nisbatan qattiqqo‘ligi sababini ma'lum qildi

Foto: kami.com.ph

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘zining jinoyatchilikka nisbatan qattiqqo‘ligini bolaligida katolik ruhoniy-bachchavoz tomonidan tegajoqliklarga uchragani bilan tushuntirdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda

"Ba'zida butun keyingi umringizga ta'sir qiladigan voqealar bo‘ladi", deb aytdi Duterte.

Duterte giyohvandfurushlarga qarshi murosasiz munosabatini ular ko‘pchilik yoshlarni majruh qilishlari bilan tushuntirdi. "Sizlar mening davlatimni barbod qilmoqdasiz, men sizlarni o‘ldiraman – bu qonuniy. Agar siz bizning bolalarni yo‘q qilsangiz – men sizni o‘ldiraman. Bu to‘g‘ri yo‘l", deb qo‘shimcha qildi Duterte.  

Duterte birinchi marta jinsiy tegajoqliklarga uchraganini 2015 yil dekabrda ma'lum qilgan. O‘shanda u ruhoniy unga bola bo‘lganda tegajoqlik qilishga uringanini gapirib bergan. 

Duterte may oyida prezident etib saylandi. Uning asosiy saylovoldi va'dasi giyohvandfurushlarga qarshi qattiqqo‘l siyosat yurgazish bo‘lgan. U, jumladan giyohvandfurushlarni o‘ldirib, ularni Manila ko‘rfaziga tashlashini aytgan. U saylovlarda yutgandan keyin giyohvandfurushlarni o‘ldirganlik uchun medallar berishga va'da bergan va taqiqlangan moddalarni tarqatganlik va boshqa og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qaytarish niyatidaligini aytgan. 

Jamoatchilik fikrini o‘rganish davomida Dutertening jinoyatchilikka qarshi siyosatini Filippinning 76 foiz aholisi qo‘llab-quvvatlashi ma'lum bo‘lgan.

Dutertening bunday qattiqqo‘l usullari huquq himoyachilari, xalqaro tashkilotlar va katolik cherkov tomonidan keskin tanqid qilib kelinmoqda.

 

Mavzuga oid