Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hukumat a’zolari bilan haftalik telekonferensiyasi vaqtida Rossiyaning Ukrainaga bosqini vaqtida tinç aholi vakillari öldirilgani uçun Vladimir Putinni tanqid qildi. Dutertening sözlariga köra, Putin «maxsus harbiy amaliyot» deb atayotgani aslida — Rossiya suveren davlatga qarşi olib borayotgan keng miqyosli uruşdir.

«Köpçilik biz Putin ikkimiz ham qotil ekanimizni aytadi. Men allaqaçon sizlarga, filippinliklarga, men çindan ham odam öldirişimni aytganman. Ammo men jinoyatçilarni öldiraman, bolalar va keksalarni emas. Biz u bilan turliça dunyolarda yaşaymiz», — deya Filippin prezidenti sözlarini keltiradi The Independent.
Duterte Ukrainadagi uruş dunyoda neft narxi kötarilişiga olib kelgani va bundan köplab davlatlar, jumladan Filippin ham jabr körganini qöşimça qilgan.
Dutertening prezidentlik muddati 30 iyun kuni yakuniga yetadi. Mamlakat konstitutsiyasiga köra, davlat rahbari faqat bir marta olti yil muhlatga saylanişi mumkin. May oyida bölib ötgan prezidentlik saylovlarida diktator Ferdinand Markosning öğli bölmiş Ferdinand Markos ğalaba qozondi. Dutertening qizi Sara esa vitse-prezidentlikka saylandi.
Rodrigo Duterte avval bir neça bor Rossiya hukumati va şaxsan Putinni qöllab-quvvatlagandi. U RF prezidenti bilan uç uçraşuvidan birida, 2016 yil noyabrida Rossiyani «buyuk mamlakat» deb atagan, Ğarbni «ikkiyuzlamaçilik»da ayblagandi.
Duterte giyohvand moddalar savdosiga qarşi eng şafqatsiz metodlar qöllaş tarafdori hisoblanadi. Amnesty International ma’lumotiga köra, uning prezidentligining dastlabki olti oyida politsiya va noma’lum qurolli şaxslar yetti mingdan ortiq kişini öldirişgan. Huquq faollari ma’lumotiga köra, qurbonlar orasida bolalar ham bölgan. Xalqaro jinoiy sud uşbu suddan taşqari qotilliklarni şartli ravişda insoniyatga qarşi jinoyat sifatida baholab, tergov boşlagan.
2021 yil yozida esa Duterte koronavirusga qarşi vaksina qabul qilişdan boş tortuvçilarni qamoqqa tiqişni va’da qilgandi. Şu bilan birga, u vaksinaga qarşi bölganlar qamoqda emlanişini aytgandi. Undan avvalroq Rodrigo Duterte politsiyaçilarga mamlakatda qat’iy lokdaun e’lon qilingan çoğda karantin qoidalarini buzganlarni otişga ruxsat bergandi.

















