Sport | 10:55 / 18.10.2016
5041
3 daqiqa o‘qiladi

Mourino: «Liverpul» – yaxshi jamoa, lekin OAV yozganidek dunyoning so‘nggi mo‘'jizasi ham emas»

Foto: twitter.com/@BBCSport

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yindan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu biz istagan natija emas, ammo buni yomon natija deb ham bo‘lmaydi. Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibimizga o‘z uyida g‘alaba qozonishga imkon bermadik, bu yomon emas. O‘yin ikki tomon uchun ham og‘ir kechdi, lekin «Liverpul» ko‘proq qiynaldi.

Biz nafaqat taktik jihatdan yaxshi harakat qildik, balki o‘yin davomida xotirjam o‘ynadik. Ehtimol, bu men ko‘rgan eng sokin «Enfild» edi. Men mezbon muxlislardan boshqachasini kutgandim. Ha, De Xea 2ta qoyilmaqom seyv amalga oshirdi, lekin buni o‘yin kontekstidan tashqari holat.

«Liverpul» muxlislarini jim qilib qo‘ydik. Ular bizning himoyada muammolar bo‘lishini kutishgandir, lekin barchasi o‘zgacha bo‘lib chiqdi. Bizga o‘ynash oson bo‘ldi. To‘g‘ri, hujumda tezlik yetishmagani ham bor gap.

Bu o‘yin orqali biz raqibning 3 ochko olishiga imkon bermadik. Boshqa raqobatchilarimizda hozir taqvim oson kelgan, shuning uchun masofani iloji boricha yaqin saqlashimiz kerak. Bizda yana qatorasiga 5ta o‘yinda g‘olib chiqish imkoni bo‘ladi.

Biz o‘yin davomida to‘pni nazorat qilishni niyat qilib kelmagandik. Biz«Liverpul»ni bilardik: ular qanday kuchli pressing qilishini, ular to‘pni yo‘qotganda uni olish uchun qanday tashlanishini bilardik. Biz aql bilan o‘ynadik.

«Liverpul» – yaxshi jamoa, lekin OAV yozganidek dunyoning oxirgi mo‘'jizasi emas», – degan Mourino.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid