Sport | 22:19 / 18.10.2016
5160
2 daqiqa o‘qiladi

Video: «Lion» futbolchisi jarohat tufayli o‘ynamagan davrida berilgan maoshini ko‘ngli o‘ksik bolalar uchun sarfladi

Foto: L’Equipe

«Lion» jamoasining braziliyalik himoyachisi Rafael da Silva  fransuzlar klubiga kelganida jarohat olib, maydonga tusha olmaganida bu vaqt uchun maosh olishni istamagan.

Braziliyalik futbolchi 2015 yilning sentabrida bel qismidan shikastlangan va 1 oy davomida o‘yinlarda ishtirok eta olmagan. Rafael «Lion» rahbariyati bilan uchrashib, o‘ziga o‘tgan 1 oy uchun maosh to‘lamaslikni so‘ragan. Lekin bu yuridik jihatdan ilojsiz edi.

Lekin Rafael o‘sha oyligini nimaga sarflashni topdi. U uyidan chiqa olmaydigan bemor bolalar jamoa stadionidagi futbolchilar, oddiy muxlislar va boshqa xodimlar bilan veb-kamera orqali muloqot qilishini ta'minlab, bolalarning ko‘nglini ko‘tardi.

Avvaliga futbolchi bu haqda gapirishni istamagan, ammo keyin buni tan olgan.

«Menga mening ishim uchun to‘lashlari yaxshi, ammo o‘shanda men o‘ynamagandim. Shuning uchun bolalar uchun shunday ish qilishni o‘ylab topdim. Bu o‘zim uchun ham edi».

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid