Sport | 19:50 / 19.10.2016
8812
2 daqiqa o‘qiladi

Ikardi Messi terma jamoada o‘ynashini taqiqlagan yagona futbolchi emasligi ma'lum bo‘ldi

Taniqli italiyalik futbol agenti Marko Trabukki Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi terma jamoada qaysi futbolchilar o‘ynashini belgilashi haqida aytib o‘tdi. U «Match TV» telekanalida «Kult Tura» ko‘rsatuvi boshlovchisi savollariga javob qaytargan.

- Ikardi o‘z do‘stining rafiqasini tortib olgan. Shundan keyin ham uni ahmoqlikda ayblamaysizmi?

– Nega ekan, bu uning shaxsiy hayotiku? Lekin u o‘zini yomon tutgani to‘g‘ri. Men Argentina kabi xulq-atvor birinchi o‘ringa chiqariladigan mamlakatlarda bu hol kuzatilganini to‘g‘ri tushunaman, Maradona ham, Messi ham uning terma jamoada o‘ynashiga qarshi chiqishdi.

- Messi Ikardining terma jamoaga chaqirilishiga veto qo‘yib to‘g‘ri qilganmi?

– Men bilamanki, Messi bundan avval ham shunday qilgan. U Pastorening 2014 yilgi jahon chempionatiga borishiga qarshi chiqqandi. Shunday ekan, Messi terma jamoadagi asosiy shaxs. U Argentina futbolida katta nufuzga ega, barchasini u hal qiladi.

- U Pastoreni nega chiqishtirmagandi?

– Buni aniq bilmayman. Men Messi emasman. Lekin men Pastorening agenti bilan ancha yillardan beri tanishman. Shuning uchun bu voqea haqida biroz bilaman.

Hozir Pastore 2014 yilgi mundialda ishtirok etmaganini hech kim eslab o‘tirmaydi ham.

Bundan oldinroq Messi o‘zining boshqa bir vatandoshi hamda do‘sti hisoblangan, Italiyaning «Torino» klubida o‘ynovchi Maksi Lopesning rafiqasi Vanda Narani undan tortib olgani uchun boshqa bir argentinalik futbolchi Mauro Ikardini termaga chaqirilishini istamayotgani haqida xabar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid