Sport | 17:34 / 19.10.2016
5701
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino «Liverpul»ga qarshi o‘yinning statistikasi haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 8-turida «Liverpul»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yinda uning jamoasi statistik ma'lumotlarda aytilganidan ko‘proq holatda to‘pga egalik qilganini iddao qildi.

«42 foiz bo‘lgandi. Biz o‘zimizning yigitlardan so‘radik», degan u.

The Independent muxbiri esa BBC nashri bu ko‘rsatkichni 35 foizga baholaganini eslatgan.

«Biznikilar ularnikidan yaxshiroq ishlaydi», – degan Mourino.

Bundan oldinroq, «Manchester Yunayted»ning «Liverpul»ga qarshi o‘yinda to‘pga egalik qilish bo‘yicha ko‘rsatkichi uchrashuv vaqtining 34 foizini tashkil etgani va bu klubning APL tarixidagi antirekordi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng «Liverpul» ochkolar sonini 17 taga yetkazdi, jamoa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda joylashgan. «Manchester Yunayted» esa 14 ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid