Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
Ulardan biri Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan, yana biri esa 104-moddasi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan.
O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida uzoq muddat xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs Turkiya hududida aniqlanib, qo‘lga olindi.
Xabar qilinishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan M.B. Turkiyada yashirinib yurgan vaqtida aniqlanib, tegishli tartibda O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan J.B. ham Turkiya hududida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi.
Mazkur shaxslar tergov va sud jarayonlarini davom ettirish uchun vakolatli organlarga topshirildi.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026