Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi
BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi binosida Yaponiya hukumati hamda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasida rasmiy notalarni imzolash va o‘zaro almashish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “Turkiston-press” xabar bergan.
Yaponiya hukumati BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining “O‘zbekistonda idoralararo mobil guruhlar tashkil qilish orqali Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan giyohvand moddalarning kontrabandasiga qarshi kurash olib borish” nomli dasturini amalga oshirishi uchun 263 million Yaponiya iyenasi miqdorida (2 500 000 AQSh dollari atrofida) mablag‘ ajratildi.
Almashinuv notalari, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Nobuaki Ito va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal xonim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi direktori janob Ahmad Mansurov ishtirokida imzolandi.
Uchrashuvda Nobuaki Ito Yaponiyaning BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida chegaralarni muhofaza qilish va narkotrafikka qarshi kurash olib borish sohalarida amalga oshirilayotgan hamkorlikka juda katta ahamiyat berishini ta'kidladi. Yaponiya Bosh vaziri janob Sindzo Abening O‘zbekiston Respublikasidagi 2015 yil oktabr oyida qilgan tashrifi yakunlari yuzasidan qabul qilingan Hamkorlikdagi Kommyunike matnida ham o‘rin olganligiga urg‘u berdi. Bundan yanada takomillashtirishga qaratilgan va imzolangan dastur Yaponiya hamda O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash va jadallashtirishga o‘z hissasini qo‘shadi deb ta'kidladi va dasturni amalaga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Dasturdan o‘rin olgan tadbirlarni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo davlatlari uchun 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan dasturi doirasida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Afg‘oniston bilan umumiy chegaraning mavjudligi va transmilliy narkotik guruhlari tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy olib o‘tish uchun O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar hududlaridan foydalanishga urinishlar kabi 2 omilning dolzarbligicha qolayotganini hisobga olib, idoralararo mobil guruhlar (IMG) tashkil qilinishi O‘zbekistonning huquqni muhofaza qilish sohasidagi salohiyatini yanada oshirishga imkon yaratadi.
BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal xonim Yaponiya Hukumatiga qo‘shgan hissasi uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga davomli va muntazam hamkorlik va sheriklikni ta'minlab kelayotgani uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etib, giyohvand moddalar noqonuniy savdosining oldini olishda keng qamrovli, o‘zaro kelishilgan hamda izchil strategik yondashuvni qo‘llash zarurligiga urg‘u berdi. Ashita Mittal xonim, giyohvand moddalarning noqonuniy va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishga yo‘naltirilgan samarali strategiyalar tinchlik va barqarorlik, shuningdek, qonun ustuvorligiga tayangan samarali davlat boshqaruvini hamda mustahkam rivojlanishni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi, deb ta'kidladi.
“O‘zbekistonda idoralararo mobil guruhlar tashkil qilish orqali Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan giyohvand moddalarning kontrabandasiga qarshi kurash olib borish” nomli dasturini amalga oshirish uchun grant mablag‘lari ajratilishi rasmiy notalarni imzolash va o‘zaro almashish maqsadida tashkil etilgan marosim, giyohvand moddalarning kontrabandasiga qarshi kurash olib borish borasida hamjihatlikda amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning muntazamligidan dalolat beradi. Erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, oldimizga turgan muammolarni yanada samaraliroq bartaraf qilishga o‘z hissasini qo‘shishga, davlatlarimizga sezilarli foyda keltirishiga, shuningdek, mintaqa aholisining farovonligi, sog‘lig‘i va xavfsizligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishiga ishonaman", – deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori A.Mansurov.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026