Buddist muxlis: «Krishtianu bunchalar ahmoq deb o‘ylamagandim»
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga buddaviylik diniga e'tiqod qiluvchi kishilarni haqoratlovchi post qo‘ydi.
Bu suratda futbolchi budda haykaliga oyoq tirab turadi. U surat ostiga shunday yozgan: «Xayrli tong».
Buddizm dini vakillari bo‘lgan minglab kishilar portugaliyalik futbolchining bu harakatidan norozi bo‘lishmoqda.
«Bu hurmatsizlik… Qanday qilib sen Buddaning ustiga oyoq qo‘yding? Men Krishtianu bu darajada ahmoq deb o‘ylamagandim. Bugun sen o‘z muxlislaringdan birini yo‘qotding», deya surat ostiga fikr yozgan foydalanuvchilardan biri.
«Senda odobsizsan. Bu Buddaning haykali. Qanday qilding buni…», deya izoh yozgan boshqa bir foydalanuvchi.
«Bu Buddaning haykali. U buddaviylarning ilohi. Ozgina bo‘lsa ham hurmat qilish kerak edi. Xunuk ish. Sen buni tushunib yetasan degan umiddaman CR7», degan surat ostiga yozganlardan yana biri.
Surat yuklanganidan hozirgacha, unga 30 mingga yaqin izoh yozilgan hamda 1 millionga yaqin "layk" bosilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 04.12.2019
Tomoshabinlar tashrifi: Superligada eng ko‘p muxlis qaysi klub va shaharlarda?
12:30 / 05.05.2019
Fotoreportaj: Stadionda muxlislik shavqi. «Navbahor» – «So‘g‘diyona» bahsida 25 ming tomoshabin
21:49 / 04.04.2019
PFL klublardan chipta narxini oshirib, muxlislarni quyosh tagiga «haydash»ni talab qildi
23:33 / 25.09.2018