Jamiyat | 15:46 / 20.10.2016
7540
2 daqiqa o‘qiladi

Yog‘och savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan va pullarini bankka topshirmagan tadbirkor jarimaga tortildi

Foto: © RIA Novosti

Azamat Niyozov Samarqand shahar hokimligidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritib keladi. Ammo u tadbirkorligi davomida belgilangan qoidalarni pisand etmaganligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

SVOJJDLQK departamentining Samarqand shahar bo‘limi xodimlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor Azamat Niyozovning faoliyati o‘rganilganda, uning quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani aniqlandi.

Savdo faoliyatida Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahridan jami 323 mln. 470 ming so‘mlik yog‘och mahsulotlarini olib kelgan A.Niyozov yog‘och mahsulotlarining barchasini naqd pulga sotib, nazorat kassa mashinasidan o‘tkazmay, bankka ham topshirmasdan o‘z ehtiyojiga ishlatib yuboradi.

Bundan tashqari, yog‘och mahsulotlariga to‘lovni amalga oshirish chet el valyutasini “qora bozor”dan noqonuniy sotib olib, Rossiya Federatsiyasiga turli yo‘llar bilan jo‘natib kelganligi ham ma'lum bo‘ldi.

Sud Azamat Niyozovga eng kam ish haqining 300 baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid