Sport | 00:40 / 21.10.2016
9205
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ligasi. I guruhi. "Krasnodar" o‘z maydonida "Shalke"ga mag‘lub bo‘ldi, "Nitstsa"dan esa g‘alaba

Yevropa Ligasining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Krasnodar" jamoasi mazkur turda o‘z maydonida "Shalke"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Yevgeniy Konoplyanka tomonidan kiritilgan yagona gol nemis klubiga uch ochko keltirdi. Shunday qilib, o‘yin 1:0 hisobida "Shalke"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Nitstsa" jamoasi "Red Bull" mehmoni bo‘ldi hamda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.  

Krasnodar (Krasnodar, Rossiya) – Shalke-04 (Gelzenkirxen, Germaniya) – 0:1

Gol: Konoplyanka, 10 (0:1).

Ogohlantirishlar: Gazinskiy, 90+3 – Naldo, 70; Di Santo, 85.

Red Bull Zaltsburg (Zaltsburg, Avstriya) – Nitstsa (Nitstsa, Fransiya) – 0:1

Gol: Plea, 13 (0:1).

Ogohlantirishlar: Chan, 85; Laymer, 88 – Estevao, 71; Eysserik, 90+4.

 

Manba: tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid