Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama yonayotgan smartfonlar haqida so‘z yuritib, Samsung’ga ishora qildi
Foto: techcrunch.com
AQSh prezidenti Barak Obama yonayotgan smartfonlar haqidagi hazilida Samsung’ga ishora qildi. Bu haqida TechCrunch nashri ma'lum qildi.
Mayamidagi kollejlardan birida ishtirok etgan davlat rahbari shunday dedi: “Bu kompaniyalardan biri yangi smartfon bilan chiqsa-yu, unda bir necha kamchiliklar aniqlansa, ular nima qilishadi? Uni to‘g‘irlashadi, yangilashadi... Agar yonib ketmasa, albatta. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ular yangi qurilmani shunchaki bozordan qaytarib olishadi”.
Shunday bo‘lsa-da, Obamaning so‘zlariga ko‘ra, iste'molchilar diskli telefonlarni qo‘llashga qaytishmayapti va smartfonlarni ishlab chiqarishni bekor qilish haqida og‘iz ochishmayapti.
Obama sog‘liqni saqlash islohoti, bemorlar himoyasi hamda smartfonlar yaratilishi natijasida yuzaga kelgan muammolar haqida so‘z yuritib, buni misol sifatida keltirib o‘tdi.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026