Jahon | 22:10 / 21.10.2016
5298
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada bir erkak reklama bukletlari tarqatilishidan norozi bo‘lib otishma ochdi

Foto: © AP

Turkiyaning Trabzon shahrida epilyatsiya (tanadagi tuklarni olish) markazi reklama bukletlarini tarqatish sababli ikki guruh odamlar orasida chiqqan janjal oqibatida chiqqan otishma sababli 4 kishi yaralandi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.  

Bir guruh odamlar shaharning ko‘chalaridan birida reklama bukletlarini tarqatayotgan bo‘lgan. Bu ko‘cha kafesida o‘tirgan bir necha kishining noroziligiga sabab bo‘lgan va ular "behayo" bukletlarni tarqatishni bas qilishni talab qilishgan. Ikki tomon orasida yuzaga kelgan janjalda bukletlarning tarqatilishidan norozi bo‘lganlardan biri to‘pponchadan bir necha o‘q uzgan. Oqibatda voqea joyidan o‘tib ketayotgan 4 yo‘lovchi oyog‘idan jarohat olgan. Ta'kidlanishicha, ular shifoxonaga yetkazilganlar va hayotlari xavf ostida emas.

Politsiya voqeani tergov qilmoqda, voqea joyidagi kuzatuv kameralaridan yozuvlar olingan. Otishmani sodir etgan kimsa qidirilmoqda.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid