Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tallin aeroporti portlash xavfi haqidagi xabardan so‘ng to‘xtatilgan faoliyatini qayta tikladi
Portlash xavfi tufayli faoliyati to‘xtatilgan Tallin aeroporti o‘z xizmatini qayta tikladi. Bu haqida Pixyask prefekturasi matbuot kotibi Seyko Kuyk ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar berdi.
"Mahalliy vaqt bilan soat 14:00da sapyorlar aeroport obektlarini tekshirish ishlarini tugallashdi. Portlovchi qurilmalar aniqlanmadi, terminalning hududlariga odamlar qo‘yila boshlandi. Aeroportga kiruvchilar xavfsizlik yuzasidan qattiq tekshirilmoqda, ularning yuklari maxsus itlar yordamida tekshirilmoqda. Tallinga yetib kelgan samolyot yo‘lovchilari terminalga qo‘yila boshlandi", - deydi matbuot kotib.
Bundan avval shanba kuni Tallin aeroportiga portlovchi qurilma haqidagi ma'lumot kelib tushgandan so‘ng yo‘lovchilar va xodimlarning evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
12:54 / 14.05.2026
“Hayvondan yuqadi, tashqi muhitga chidamsiz” - hantavirus O‘zbekistonga qanchalik xavf soladi?
08:12 / 12.05.2026