Reuters agentligining xabar berişiça, aeroportning uç harfli xalqaro kodi ham özgarib, amaldagi PBI örniga DJT böladi. Bu Donald Jon Tramp ismining boş harflaridan iborat.
AQŞ transport vaziri Şon Daffining ma’lum qilişiça, aeroport kodlari butun dunyo böylab Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tomonidan belgilanadi.
Florida ştatida Trampning Mar-a-Lago qarorgohi joylaşgan bölib, u yerda AQŞ prezidenti köplab xalqaro uçraşuvlar va muzokaralar ötkazib keladi.
Sönggi vaqtlarda AQŞda Tramp nomi berilgan obektlar soni köpaymoqda. Xususan, AQŞ Tinçlik institutiga Tramp nomi berilgan, Vaşingtondagi Jon Kennedi nomidagi ijro san’ati markazi esa “Donald J. Tramp va Jon F. Kennedi nomidagi ijro san’ati markazi” deb qayta nomlangan.
Şuningdek, Tramp AQŞ harbiy-dengiz kuçlari uçun yangi “Tramp” turkumidagi ikki harbiy kema qurilişini ham e’lon qilgan.
Bundan taşqari, AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Tramp surati tuşirilgan pasportlar seriyasi çiqarilişi ma’lum qilingan. Ularda prezident imzosi oltin harflar bilan yoziladi. Tramp imzosi 100 dollarlik kupyuralarda ham paydo böladi.
Yana bir yangilik sifatida, AQŞning Badiiy san’at komissiyasi Tramp tasviri tuşirilgan va Liberty (“Ozodlik”) yozuvi aks etgan 24 karatli oltin tanga çiqarilişini ma’qulladi.
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
13:36 / 15.05.20262 4372 min
AQŞning Florida ştatida joylaşgan Palm-Biç xalqaro aeroporti amaldagi prezident Donald Tramp şarafiga qayta nomlanadi. Özgarişlar 9 iyuldan kuçga kiradi.

















