SanEpid qömitaga köra, hantavirusning Özbekistonga kirib keliş xavfi past. Virus 20 xil ştammga ega va ulardan bir xili hayvondan odamga yuqadi. Yuqiş tezligi ham koronavirus kabi emas, havo-tomçi yöli bilan yuqmaydi. Kun.uz bilan suhbatlaşgan Epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi ekspertiga köra, aholining vahima kötarişiga hojat yöq.
Dunyo soğliqni saqlaş tizimini yana bir xavfli virus -hantavirus taşvişga solmoqda. Mutaxassislarga köra, uşbu virus asosan kemiruvçilar, ularning najasi orqali yuqadi. Ayniqsa, siçqon va kalamuşlar bor joyda ehtiyot böliş talab etilmoqda.
Atlantika okeanidagi kruiz laynerida tarqagan hantavirusni yuqtirganlarga Ispaniya portidan keça öz uylariga javob berildi. Avvaliga virus aniqlangan kemani qabul qilişdan boş tortişgan. Söngra Ispaniya hukumati kemani Tenerife porti orqali qabul qilgan. U yerda jami töqqiz kişida virus aniqlangan. Uç kişi vafot etgani tasdiqlangan. Rasmiylarga köra, uyiga javob berilganlarda ötkazilgan test natijalari ijobiy çiqmoqda.
Buyuk Britaniyada 20 kişi hantavirus taxmini bilan 72 soatlik karantinga olingan. Ular uylariga qaytganidan keyin ham 42 kun davomida izolyatsiyada bölişlari talab etiladi.
AQŞdan bölgan 18 nafar yölovçi esa davlatiga yetib borgaç, kuçli tekşiruvdan ötkazilmoqda. Biroq amerikalik rasmiylar virusning jamoatçilik uçun xavfini past baholamoqda.
Niderlandiyada esa hantavirusga taxmin qilinganlar olti hafta davomida izolyatsiya qilinişi belgilandi.
Kruiz laynerida bölgan 14 nafar Ispaniya fuqarolari Madriddagi harbiy gospitalda majburiy karantinda saqlanmoqda. Ulardan bittasida allaqaçon hantavirus aniqlangan.
Fransiyada ham birinçi holat aniqlandi. Uşbu şaxs bilan esa 22 ta kontakt holatlari aniqlangan.
Germaniyada esa tört kişi Frankfurtdagi kasalxonada karantinda saqlanmoqda. Federal soğliqni saqlaş vazirligi ulardagi alomatlar doimiy kuzatib borilayotganini ma’lum qilgan.
Xöş, hantavirus böyiça Özbekistondagi epidemiologik vaziyat qançalik barqaror? Kun.uz bilan suhbatlaşgan Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasining Epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi eksperti Zulfiya Ğiyosovaga köra, yurtdoşlarimizning vahima kötarişiga hojat yöq.
”Faqatgina Andes turi insonlarda kamdan kam holatlarda, demak, kasallikni keltirib çiqarişi mumkin. Bunda ham asosiy kasallik manbayi bölib kemiruvçilar, ya’ni öşa kemiruvçilar bilan bevosita muloqot vaqtida, ulardan ajralib çiqayotgan biologik ajralmalar, ya’ni bular öşa hayvonlarning najasi, peşobi va sölagi orqali, agar bevosita kontaktda böladigan bölsa, öşa paytda bu kasallikni yuqtirib oliş ehtimoli mavjud”, - deydi u.
Mutaxassisning qöşimça qilişiça, kasallik havo-tomçi yöli orqali yuqmaydi. Hantavirusdan COVID-19 dan qörqqandek taşvişga tuşişga hojat yöq.
“Bizda bu kasallik şu kungaça röyxatga olinmagan. Özbekiston aholisi uçun bu juda katta xavf tuğdirmaydi. Şuning uçun endi men öşa Amerika davlatini misol qilib oladigan bölsam, Amerika va Yevropa davlatlarida köproq röyxatga olinadi. Faqatgina şu Andes ştammi hayvonlardan insonlarga yuqib, kasallik keltirib çiqaradi”, - deydi Zulfiya Ğiyosova.
Pandemiyadan keyingi davr bölgani bois odamlarda yana karantin bölişidan qörquv va xavotirlar bor, bu tabiiy. Virusologga köra, Özbekiston soğliqni saqlaş tizimi va SanEpid qömitasi potensial xavflarga allaqaçon tayyor bölib turibdi.
”Bu virus taşqi muhitga çidamsiz. Ya’ni 60 gradusli haroratda tezda nobud böladi. Bundan taşqari, öşa dezinfeksiyalovçi vositalar, xlorli vositalar, 70 foizlik spirt eritmasida tezda yöqolib ketadi. Demak, bundan qörqmay aytib olişimiz mumkinki, agar infeksiya taşqaridan kelgan taqdirda ham, bu yerda heç qanaqa epidemik avj olişlar yoki pandemik holatlarni yuzaga keltirmaydi”, deydi mutaxassis.
















