Jahon | 00:03 / 22.10.2016
5086
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri Turkiyaga tahdid qiluvchi terrorchilarni yo‘q qilishga chaqirdi

Foto:aa.com.tr

Iroq Turkiyaga tahdid qiluvchi terrorchilik tashkilotlarini yo‘q qilishi kerak. Anqara bunday tashkilotlar sirasiga Kurdiston ishchi partiyasini kiritadi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RT nashri.

"Iroq birinchi navbatda Turkiyaga tahdid qiluvchi terrorchilik tashkilotlarini yo‘q qilishi kerak", deb Yildirim aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Anadolu axborot agentligi. 

Yildirimning aytishicha, Turkiyaning Suriyadagi sa'y-harakatlari birinchi navbatda terrorchilik tashkilotlarini yo‘q qilishga qaratilgandir. 

"Biz PYD (Demokratik ittifoq) va YPG (kurd xalq mudofaasi otryadlari) hamda IShIDni terrorchilik tashkilotlari deb hisoblaymiz. Bizni Anqaraning terrorchilikka qarshi qadamlari borasidagi gaplar qiziqtirmaydi. Biz milliy xavfsizligimizni ta'minlash uchun barcha zarur ishni qilmoqdamiz va qilamiz. Biz kimningdir yeriga da'vogarlik qilmayapmiz", deb aytdi Yildirim.  

Yildirimning aytishicha, AQSh Turkiyaga Suriyaning shimolidagi Muynbich shahrida "birorta PYD/YPG jangarisi qolmasligiga" va'da bergan.

Avvalroq Turkiya harbiy-havo kuchlarining Suriya shimolida o‘tkazgan havo operatsiyasi davomida kurd tuzilmalarining 160-200 a'zosi yo‘l qilingani ma'lum qilingandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid