Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada jinoyatchilar qishloqni bosib olib, uni bir necha soat davomida talagan
Meksikaning Idalgo shtatida bir guruh jinoyatchilar bir qishloqni talash maqsadida bir necha soat nazorat ostida ushlab turdi.
Excelsior portali ma'lumotlariga ko‘ra, niqobdagi taxminan 20 nafar jinoyatchi 19 oktabrda kunduzi San-Xuaniko qishlog‘iga bostirib kirgan. Ular havoga o‘q uzishgan, bundan cho‘chib ketgan aholi yashirinib olgan yoki qochib ketgan. Biroq bir necha kishi bosqinchilarni o‘z telefonlariga yozib olishga muvaffaq bo‘lgan.
So‘ngra jinoyatchilar bir necha soat davomida qishloqdagi uylarni talagan, yirik shoxli chorvani haydab ketgan. Bosqinchilar qishloqni tashqi dunyo bilan uzib qo‘yish maqsadida kishloqdagi ko‘prikni vayron qilgan.
Jinoyat haqida qishloq aholisi ma'lum qilgandan keyingina xabar topildi. Jinoyatning sodir etilishiga shtatdagi turli aholi punktlarida yashovchi chorvachilar o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
20:25
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
17:59
Meksika 8600 dollarga o‘ta arzon Olinia Uno elektromobilini taqdim etdi
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
19:10 / 09.04.2026