Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela parlamenti prezidentni davlat to‘ntarishida aybladi
Venesuela parlamenti mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qarshi impichment e'lon qilish jarayonini boshlamoqchi. Qonun chiqaruvchilar ijro hokimiyatini konstitutsion tuzumni buzganlikda ayblamoqda, deb yozgan mahalliy El Universal nashri.
To‘qqizta turli banddan iborat va mamlakat oliy qonunchilik organi tomonidan qabul qilingan hujjatga muvofiq, Venesuela parlamenti konstitutsion tartib buzilgani va ijro hokimiyati tomonidan davlat to‘ntarishi amalga oshirilgani haqida e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, parlament Nikolas Maduro prezidentligiga barham berish jarayonini boshlaydi.
Shu bilan birga, parlament a'zolari Xalqaro jinoyat sudiga Maduro iste'fosiga oid referendum bekor qilinishi munosabati bilan murojaat qilmoqchi.
Avvalroq, mamlakatda Nikolas Maduro iste'fosini talab qilib, namoyishlar bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026