Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Oq uy Suriya muxolifatini Rossiyaga qarshi qurollantirmoqchi bo‘lgan
Oq uy ma'muriyati Rossiya aviatsiyasi hujumlaridan himoyalanishlari uchun Suriya muxolifatiga og‘ir harbiy texnikalar, xususan artilleriya taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, deb yozmoqda The Washington Post.
Nashrda chop etilgan maqolada yozilishicha, AQSh rahbariyati MRB tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan muxolifat guruhlariga yirik miqdorda jangovar texnikalar yuborish ehtimolini muhokama etgan. Gap, haqiqiy muxolifat kuchlariga Rossiya harbiy kosmik kuchlaridan himoyalanishga imkon beruvchi texnikalar haqida bormoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh hukumatining bu loyihasi prezident Barak Obamaning milliy xavfsizlik organlari bilan o‘tkazgan so‘nggi majlislarida muhokama etilgan. Shu bilan birga, bu loyiha borasida aniq xulosaga kelinmagani xabar qilinmoqda.
Oq uy ma'muriyati, bu dasturni «AQShning Suriya prezidenti Bashar Asadning iste'foga chiqishini tezlatuvchi bosim o‘tkazish strategiyasining bir qismi» deb atagan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026