Jamiyat | 17:36 / 25.10.2016
17010
2 daqiqa o‘qiladi

Departament xodimiga pora berishga harakat qilgan valyutafurush ikki hissa jazolanadigan bo‘ldi

G‘.Pardayev noqonuniy valyuta sotish jinoyat ekanligini bilsa-da, bunday ishdan o‘zini tiymadi. U joriy yilning mart oyida Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi yonida fuqaro Madina Mo‘ydinovaga 100 AQSh dollarini sotayotgan vaqtda SOJJDLQK departamentining tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, uning bu qilmishi tegishli ravishda rasmiylshtiriladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv jarayoni olib borilayotgan vaqtda G‘.Pardayev huquqbuzarligi uchun chora ko‘rmaslik evaziga departament xodimiga pora berishini aytadi. Departament xodimi uning taklifiga ko‘nmaydi. Ushbu holat uchun qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini uqtiradi va holatni o‘rganish jarayonida G‘.Pardayevdan kerakli hujjatlarni keltirib berishni so‘raydi. Vaziyatni ko‘ngildagidek hal eta olmagan valyutafurush ertasiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etish o‘rniga, takroran huquq-tartibot xodimiga pora berishni maqsad qiladi. Ya'ni, G‘.Pardayev bir million so‘m pulni tselofan paketga solib, departament xodimining xizmat xonasida unga beradi. Biroq ish u o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. G‘.Pardayev huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Organ xodimini pora evaziga o‘zining yo‘rig‘iga yurgazishga harakat qilgan G‘.Pardayevga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi o‘z hukmini o‘qidi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid