Boş prokuratura huzuridagi departamentning Rişton tumani bölimi ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda «Rişton tumangaz» gaz ta’minoti bölimi xodimlari S.Ş. va M.O. fuqaro H.Uning xonadonini tabiiy gaz tarmoğiga ulaş va hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 5,2 million sömni firibgarlik yöli bilan olib, şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuborgani aniqlangan.
Uyçi tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa «Uyçitumangaz» gaz ta’minoti bölimi yetakçi muhandisi B.D. fuqaroning xonadonini gaz tarmoğiga ulaş va hisoblagiç örnatib beriş evaziga öz xizmat xonasida 4,5 million söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Çortoq tumanidagi tezkor tadbirda «Yangiqörğontumangaz» gaz ta’minoti bölimi yetakçi muhandisi A.A. fuqaroning uyini gaz tarmoğiga ulaş va yangi abonent hisob raqami oçib beriş evaziga filial qorovuli orqali 4,8 million söm olgan vaqtida qölga olingan.
Andijon viloyatining Izboskan tumanida esa «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filialining sobiq bölim boşliqlari A.I. va K.Yu. tadbirkorni gazdan hisoblangan 76 million söm qarzdorlikni kamaytirib berişga işontirgan. Ular bu xizmat uçun olingan 500 AQŞ dollarining bir qismi — 2,3 million sömni tadbirkorga qaytarib berayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Boş prokuratura ma’lum qilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda barça holatlar böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.












