Farhod Alimov Rayhon G‘aniyeva bilan turmush qurishi haqidagi xabarga izoh berdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva bilan 29 oktabr kuni nikoh to‘yi bo‘lishi aytilgan boshlovchi Farhod Alimov ushbu xabarlar yuzasidan izoh berdi.
U MyDay nashri savollariga javob berish asnosida Rayhon G‘aniyeva bilan munosabatlariga oydinlik kiritgan.
Qayd etish joizki, Rayhon va Farhod Alimov birinchi turmushlaridan ajrashgan. Suhbatda boshlovchi bunga alohida e'tibor qaratib, birinchi nikohidan ajrashganlini ta'kidlab o‘tgan. U Rayhon bilan munosabatlarini inkor etmadi. Biror bir qarorga kelganliklarida va aniq sana, barcha to‘y bilan bog‘liq bo‘lgan tafsilotlar haqida OAVga ma'lumot berishni va'da qilgan.
«Ha, biz Rayhon bilan uchrashmoqdamiz. Ammo hali to‘y haqida biror bir qarorga kelganimiz yo‘q. Nikohimiz va to‘yimiz 29 oktabr kuni bo‘lmaydi. Sana aniq emas. Shu kuni men, Yakkasaroy to‘yxonasida xizmatda bo‘laman. Ijtimoiy tarmoqlardagi omma yozayotgan bir narsaga aniqlik kiritmoqchiman, men va Rayhon ham ajrashganmiz. Nikoh, barchasi oktabrda emas, noyabrda, balki dekabrda ham bo‘lishi mumkin», degan u.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhon 2012 yilning 16 noyabrida aktyor Yigitali Mamadjonovga turmushga chiqqan edi. Bu juftlik 2015 yilning yanvarida ajrashgan.
Mavzuga oid
16:02 / 19.09.2024
“Pulni kimdan olgan bo‘lsam, o‘sha odamga qaytaraman” – Rayhon G‘aniyeva Panorama Airways ishiga aloqasi yo‘qligini izohladi
17:54 / 17.09.2024
Yashirilgan milliardlar, qimmatbaho Mercedes va Rayhonning 1,8 mln dollarlik uyi - Panorama Airways va Gulbakhor Airways ishi tafsilotlari
20:25 / 26.10.2016