Minglab özbekistonliklar Umra ziyoratiga borib, Saudiyada uzoqroq qolib ketişiga sabab bölgan Panorama Airways va Gulbakhor Airways kompaniyalari mas’ullariga oçilgan jinoyat işi tafsilotida xonanda Rayhon Ğaniyevaga aloqador jihati ham bor. Bu xonandaning Toşkent şahridagi uyining jinoyatda ayblanayotgan şaxslarga oldi-sotdisi bilan boğliq.
Ayblov xulosasida keltirilişiça, har ikki kompaniyaning norasmiy rahbari hisoblangan A.F. Rayhon Ğaniyevaning poytaxtdagi uyini 1,8 mln dollarga sotib olişga va pulni bölib tölaşga kelişgan. U Rayhonga bir marta 300 ming dollar, ikki marta 150 ming dollardan jami 600 ming dollar berganini aytgan. Biroq kelişuv amalga oşmasdan, A.F. pulni qaytarib berişni söragan, xonanda esa qaytarmagan.
Rayhon Ğaniyeva maqola yuzasidan munosabat bildirdi va Kun.uz muxbiri bilan suhbatda iş tafsilotlarini oçiqladi.
“Köp yillik mehnatim ortidan halol işlab topgan pullarimga uzoq vaqt mobaynida özim uçun, kelajakda farzandlarimga qoldiriş uçun şu uyni qurgan edim. Ba’zi sabablarga köra uni sotişga qaror qilgandim va uyga xaridor bölib Gulçehra Fattoyeva kelgandi. Zalog bergan va keyinçalik oilaviy sabablarga köra şartnomani buzdi. Bu oiladan faqat Gulçehra bilan fuqarolik munosabatlarim bölgan. Bergan zalogni qaytarişdan heç qaçon boş tortmaganman va pullarni kimdan olgan bölsam öşa odamga, ya’ni faqat Gulçehra Fattoyevaga qaytarişim mumkin. Şuni aytişim joizki, Abdulaziz Fattoyevga, uning kompaniyasiga va sodir etgan jinoiy işlariga, ayniqsa men haqimda tergov va sudda berayotgan körsatmalariga mening heç qanday aloqam yöq.
Jinoyat işida ayblanuvçi ham, jabrlanuvçi ham emasman, bu holat ikki fuqaro örtasidagi oldi-berdi bilan boğliq, ya’ni fuqarolik tartibida hal etilişi kerak bölgan nizo, deydi Rayhon Ğaniyeva.
Eslatib ötamiz, Panorama Airways va Gulbakhor Airways norasmiy rahbari öz körsatmasida Rayhon Ğaniyeva unga döq-pöpisa qilib, pullarni qaytarib bermasligini aytganini bildirgan. U uşbu pullarni undirib, Gulbakhor Airways MÇJga tölov qilgan holda Umra ziyoratiga borolmagan fuqarolarga pullarni qaytariş uçun prokuraturaning hisobraqamiga ötkazişda amaliy yordam söragan.












