Kun.uz Panorama Airways va Gulbakhor Airways kompaniyalari mansabdorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işining ayblov xulosasi bilan tanişdi. Hujjatda keltirilişiça, A.F. ismli şaxs har ikki kompaniyaning norasmiy rahbari sifatida Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblanmoqda.

Gulbakhor Airways MÇJ bilan boğliq qisqa tafsilotlar

Ayblov xulosasiga köra, 43 yoşli A.F. Gulbakhor Airways MÇJni norasmiy boşqarib kelib, şeriklari bilan 2 454 nafar şaxsni 2024 yilning yanvar va fevral oylarida Umra tadbirini taşkillaştirib berişga işontirib, ulardan 24 mlrd 233 mln söm pulni yiğib olgan. U uşbu mablağni jamiyatning hisob raqamlariga kirim qilmasdan özining egaligiga kiritgan.

Gulbakhor Airways MÇJda ötkazilgan taftiş natijalariga köra, A.F. va boşqalar tomonidan 2023 yilning noyabridan 2024 yilning fevraliga qadar yana 42 mlrd 654 mln söm pul jamiyat hisob raqamlariga kirim qilinmagani aniqlangan. Şu tariqa, yaşirilgan pullar 66,8 mlrd sömga yetgan.

Ayblov xulosasida A.F. Gulbakhor Airways MÇJ bilan tijoriy hamkorlik qilib kelgan şaxsni 381 nafar fuqaroga 2024 yilning 15-28 yanvar kunlari Umra tadbirini taşkillaştirib beriş bilan aldab, 286 ming dollar pulini olgani ham aytiladi.

A.F. aeroportlardan qarzdorliklar çiptalarni arzon sotganidan kelib çiqqanini ta’kidlagan. Şuningdek, u Gulbakhor Airways MÇJga 66 mlrd 888 mln söm kirim qilinmagani aniqlangan taftiş yakunlariga e’tirozlari borligini aytgan.

Panorama Airways MÇJ bilan boğliq qisqa tafsilotlar

Mazkur jinoyat işida Panorama Airways MÇJga oid masala ham mavjud. Xususiy aviakompaniya sifatida faoliyat yuritgan bu MÇJga 2023 yilning aprel oyidan 2024 yilning fevral oyiga qadar aviaçiptalar uçun jami 1 trln 97 mlrd söm tölovlar amalga oşirilgan bölsa-da, A.F. şeriklari bilan jamiyat hisob raqamlariga uşbu mablağning 669 mlrd 350 mln sömini kirim qilmagani aytiladi.

Bundan taşqari, hujjatda ayblanayotganlar davlat budjetiga 3 mlrd 296 mln söm qöşilgan qiymat soliğini, qariyb 25 mlrd söm foyda soliğini tölaşdan böyin tovlab kelişgani qayd etilgan.

Iş tafsilotlarida A.F. topilgan pul mablağlarini mulkka aylantiriş orqali qonuniylaştirişga harakat qilgani haqida ham gap boradi. U 325 hamda 375 ming dollarlik ikkita “Mercedes Benz” maşinasini xarid qiliş uçun boşlanğiç tölov sifatida 150 ming dollar tölagan. Qolaversa, xonanda Rayhon Ğaniyevaning Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi uyini 1,8 mln dollarga sotib olişga kelişib, xonandaga 600 ming dollar bergan. Şu tariqa u jinoiy faoliyatdan olingan jami 750 ming AQŞ dollarini legallaştirgan, deyiladi ayblov xulosasida.