Jahon | 16:45 / 26.10.2016
8025
1 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti xorijlik harbiylar mamlakatdan chiqib ketishini talab qildi

Foto: Reuters

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatdan xorij qo‘shinlari olib chiqilishini talab qilmoqda. U bu ish yaqin 2 yil ichida amalga oshishini istaydi. Bu haqda AP agentligi xabar tarqatgan.

«Men Xitoy bilan do‘st bo‘lishimizni istayman. Menga qurol-yarog‘, mamlakatimda o‘rnatilgan raketalar, bombardimonchi samolyotlar uchun boshqa mamlakatlarning aerodromlari kerak emas», — degan Duterte Yaponiyaga amalga oshirgan 3 kunlik tashrifi davomidagi uchrashuvlardan birida.

Filippin rahbari mamlakatining mustaqil tashqi siyosatiga erishishga harakat qilayotganini qayd etgan.

«Biz Amerikaning yordamisiz ham yashay olamiz. Balki hayot darajamiz unchalik yuqori bo‘lmas, lekin men aytamanki, yashay olamiz», — degan Duterte biznes vakillaridan iborat auditoriyaga murojaat qilaturib.

AR nashrining ma'lum qilishicha, 26 oktabr kuni Duterte Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashadi.

Mavzuga oid