Obama Xillari Klinton maktublarni shaxsiy serverda saqlaganidan bexabar bo‘lgan
Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest "AQSh prezidentining ba'zi tanqidchilari prezident va sobiq davlat kotibi Xillari Klinton muloqoti atrofida fitna uyushtirmoqchi bo‘layotganlarini" ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Prezident Xillari Klinton bilan elektron maktublar almashib turgan, ular oz bo‘lgan. Albatta, prezidentda bosh kotibning elektron manzili bo‘lgan, biroq u Klintonning serveri qayerda joylashgani va uning maktublari qay tarzda saqlanganidan bexabar bo‘lgan", deb aytdi Ernest.
Ernestning aytishicha, u oshkor qilingan maktublarning haqiqiyligini tasdiqlay olmaydi, chunki ularni "AQSh demokratiyasiga putur yetkazishga urinish" deb hisoblaydi.
Xillari Klinton davlat kotibi bo‘lgan vaqtda ish bilan bog‘liq maktublarni shaxsiy pochtasi orqali jo‘natgan.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
14:59 / 26.07.2024