Jahon | 20:42 / 26.10.2016
5817
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Halabdagi harbiy operatsiyada ishtirok etmaydi

Foto: © RIA Novosti

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat armiyasi Halab uchun bo‘ladigan janglarda ishtirok etmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Suriyada harbiy operatsiya olib boradigan mamlakat qurolli kuchlari Manbij va Al-Bob shaharlarini ozod etish uchun yo‘naltiriladi. Bularning Halabga hech qanday aloqasi yo‘q.

«Biz terrorizm uchun birgalikda kurashishimiz kerak. Ammo Halabning taqdiri uning aholisi zimmasida qoladi», — dedi Erdo‘g‘an.

Agentlikning ma'lum qilishicha, Turkiya prezidentining so‘zlari Suriya prezidenti Bashar Asadning rasmiy Anqara Halabning shimoli va sharqidagi har qanday harakati borasidagi ogohlantirishidan so‘ng aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid