Turkiya milliy mudofaa vaziri Yaşar Gyuler Anqara Özbekistonga Qurolli kuçlarni isloh qilişga kömaklaşiş uçun maslahat guruhini yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiyaning Sabah naşri xabar berdi.

Uning sözlariga köra, «döstona va qardoş mamlakatlar» Turkiya namunasidagi armiya tuzilmalarini yaratişdan manfaatdor va «Özbekiston şu mamlakatlardan biridir». Uning aniqlik kiritişiça, ilgari Ozarboyjonda bölgani kabi Özbekistonga ham harbiy maslahatçilar guruhi yuborilgan.

2026 yil yanvar oyida Özbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari qöşma maşğulotlar, kadrlar tayyorlaş va harbiy-tibbiy hamkorlikni rivojlantirişni öz içiga olgan hamkorlik rejasini imzolagan edi.

Ta’kidlanişiça, Turkiya Özbekistonda qöllayotgan model Ozarboyjonda allaqaçon sinovdan ötgan. 2021 yilda u yerda Şuşa deklaratsiyasi imzolanganidan keyin harbiy hamkorlik tizimli tus oldi. Uşbu hujjat ittifoqçilik munosabatlarini, jumladan, harbiy integratsiya elementlari va özaro qöllab-quvvatlaş majburiyatlarini mustahkamladi. Uşbu hamkorlik doirasida Boku armiyani Turkiya standartlariga muvofiq modernizatsiya qildi, qöşma maşğulotlar sonini oşirdi va mudofaa sanoatida, jumladan, Bayraktar dronlaridan foydalanişda yaqin hamkorlikni yölga qöydi.