O‘zbekiston | 21:20 / 26.10.2016
11138
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistondagi 5,8 balli zilzila kuchi Nukusda sezildi

Foto: «Trend.az»

26 oktabr kuni kechqurun, Toshkent vaqti bilan soat 19:20 atrofida Turkmanistonda 5,8 balli zilzila kuzatildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar bergan.

Zilzila o‘chog‘i Kaspiy dengizi bo‘yidagi Balkanabad shahridan 11 km sharqda joylashgan. Zilzila epimarkazi 28 km chuqurlikda joylashgan.

Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida yashovchi fuqaroning xabar qilishicha shaharda yer osti silkinishlari sezildi.

«Tahririyatimiz yangi turar-joy binolaridan birining katta vitrinali oynalarga ega birinchi qavatida joylashgan. Zilzila besh soniyacha sezilib turdi, oynalarning kuchli silkinishi eshitildi», — deya «Nukusskaya nedelya» gazetasi bosh muharriri Azamat Davletmuratovning so‘zlarini keltirgan «Gazeta.uz».

Mavzuga oid