Jahon | 16:39 / 27.10.2016
6220
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq xalq lashkari IShIDning Mo‘suldagi muhim shtabini egalladi

Foto: Reuters

Iroqlik ko‘ngilli askarlar guruhi IShIDning Mo‘sul shahridagi muhim ahamiyatga ega shtabini qo‘lga kiritdi.

Al Sumaria telekanali xabariga ko‘ra, jangarilar uchun muhim ahamiyatli hisoblangan shtab uzra Iroq bayrog‘i ko‘tarilgan.

Bundan oldinroq, Iroq armiyasining maxsus topshiriqli harbiylardan iborat guruhi IShID jangarilarini Mo‘suldan 30 km masofadagi Karemlis shahridan siqib chiqargani ma'lum bo‘lgandi. Bu shaharda xristianlar istiqomat qilardi. Keyin jangarilar ibodatxonalarni yashash joylariga aylantirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid