Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Samarqandga maxsus reklama tarifining amal qilishini uzaytirdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi reklama tarifining amal qilishini uzaytiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya sayti xabar berdi.
Reklama aksiyasi doirasida iqtisodiy klassga pasaytirilgan maxsus tarif bo‘yicha aviachiptalar xarid qilish mumkin.
Joriy yilning 30 oktabridan 2017 yilning 31 yanvariga qadar bir tomonga aviaparvozning qiymati qo‘shimcha yig‘imlarni o‘z ichiga olgan holda 25 yevroni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mlarda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:20
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026