Amazon rahbari bir soat ichida 3 mlrd dollar yo‘qotdi
Amazon kompaniyasi bosh direktori Jyeff Bezos kompaniyaning 2016 yil 3-chorakdagi daromadi tahlilchilar taxmin qilganidan kamroq bo‘lgani sababli bir soat ichida 3,2 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Forbes jurnali xabar bermoqda.
Forbes talqini bo‘yicha 400 nafar eng boy amerikalik reytingida 2-o‘rinni egallayotgan tadbirkor 27 oktabr ertalab 70,7 mlrd dollar sohibi bo‘lgan edi. May oyi ma'lumotlariga ko‘ra, tadbirkor kompaniyaning 17 foiz aksiyasiga ega edi.
Kompaniya hisoboti chop etilgandan keyinoq Amazon aksiyalari narxi 5,7 foizga, ya'ni 818,4 dollardan 782,1 dollarga tushib ketdi va savdolar yakunlangandan 45 daqiqa keyin Bezos davlati 67,5 mlrd dollargacha kamayib ketdi.
Biroq shu bilan birga bugungi kundagi ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yil Bezos uchun rekordli bo‘ldi: uning davlati 20 mlrd dollarga ko‘paygan. Joriy yilning 1-yarmida kompaniyaning sof daromadi 1,37 mlrd dollarni tashkil qilgan va 2015 yildagi shu ko‘rsatkichdan 39 marta ko‘proq bo‘lgan.
Bezos sarmoyachi Uorren Baffettni ortda qoldirib, 2016 yil oktabrda eng boy amerikaliklar ro‘yxatining 2-o‘rnini egalladi.
Amazon kompaniyasi 1994 yilda yaratilgan. Internet orqali mahsulot va xizmatlar sotuvchi eng yirik kompaniya hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
19:11 / 04.09.2024
Amerikalik milliarder Jyeff Bezos 80 mln dollarga shaxsiy samolyot sotib oldi
14:05 / 24.08.2024
Amazon xodimi bir yarim yil deyarli ishlamay, 555 ming dollar maosh oldi
21:10 / 03.08.2024