Milliarder va Amazon kompaniyasining asosçisi Jyeff Bezosga tegişli Blue Origin Amerika aerokosmik korporatsiyasi oğir “Nyu Glenn” raketa tashuvchicining birinçi tijorat parvozini amalga oşira olmadi. 9 noyabr kuni noqulay ob-havo sabab 88 daqiqalik start oynasi foydalanilmasdan qoldi va Floridadagi Kanaveral buruni kosmodromidan uçirişni keyinga qoldirişga qaror qilindi.

“Nyu Glenn” ilk bor Yer atrofi orbitaciga yuk — NASA buyurtmasiga binoan xususiy Rocket Lab kompaniyasi işlab çiqqan ikkita egizak zond — «EskaPada»ni olib çiqişi kerak edi. Zondlar Marsga yöl olib, bu sayyora iqlimining tarixini örganişi rejalaştirilgan.

“Nyu Glenn” uçun navbatdagi start oynasi 10 noyabrda ham mavjud edi, ammo AQŞdagi «şatdaun» şaroitida Fuqarolik aviatsiyasi federal ma’muriyati (FAA) tijorat raketalari parvozlarini çeklagan.

9 noyabr keçqurun Blue Origin FAA bilan kelişgan holda 12 noyabrda yana bir uriniş rejalaştirilayotganini ma’lum qildi.

Uçiriş Ilon Maskning kosmik parvozlar bozorida ustun örin egallagan SpaceX kompaniyasi bilan Bezos loyihasi raqobati keskinlaşgan bir paytga töğri kelişi kerak edi. Ham Blue Origin, ham SpaceX köp sonli sun’iy yöldoşlarni fazoga çiqariş, xususiy kosmik stansiyalarni işga tuşiriş va Oyga muntazam parvozlarni yölga qöyişga intilmoqda.

Blue Origin 2016 yildan beri işlab çiqayotgan “Nyu Glenn”ning sinov parvozi yanvar oyida amalga oşirilgan. Uçirilgandan 13 daqiqa ötgaç, raketa rejaga muvofiq orbitaga yuk modulini olib çiqqan, ammo şundan söng Atlantikadagi platformaga qöna olmagan.

98 metrli, qayta işlatiş mumkin bölgan birinçi poğonaga ega bu raketa Yer atrofi orbitaciga 45 tonnagaça yuk yetkazib beriş quvvatiga ega. Işlab çiquvçilar rejasiga köra, u kamida 25 marta parvoz qilişi va kosmosdan qaytgaç barjaga qönişga möljallangan.