Jahon | 15:13 / 28.10.2016
4106
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki nafar xitoylik mulozim korrupsiyada ayblanib partiyadan o‘chirildi

Xitoy kommunistik partiyasi o‘z safidan ikki nafar yuqori lavozimli harbiy mulozimini o‘chirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Ularning korrupsiyaga aloqadorligi, partiya rahbariyatining shunday qaror qabul qilishiga sabab bo‘lgan.

Lanchjou harbiy okrugi siyosiy komissari sobiq o‘rinbosari Fan Chiangmi, Xitoy xalq qurolli militsiyasi komandir o‘rinbosari Nyu Chjichjun partiya safidan chiqarilgan. 

Qisqagina rasmiy xabarda aytilishicha, Chiangmi va Chjichjun «intizomni jiddiy buzgani uchun» partiya safidan o‘chirilgan. Bu ibora Xitoy hukumati tomonidan korrupsiya haqida so‘z ketganda qo‘llaniladi. Xabar qilinishicha, Fan Chiangmi 2014 yildan beri tergov qilinayotgan bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid