Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oregonlik ayol adashib birovning avtomobilini haydab ketdi
Amerikaning Oregon shtatida yashovchi ayol tasodifan begona avtomobilni haydab ketdi, lekin adashganini anglab yetishi bilanoq uni joyiga qaytardi. Bu haqida UPI ma'lum qildi.
Mashina egasining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil uning uyi oldidagi avtoturargohda turgan bo‘lgan, shuning uchun bu voqeani videokuzatuv kameraga muhrlab qolgan. Rolik unga g‘alati tuyuldi: "o‘g‘ri" o‘zini bexavotir tutdi, hech kimdan yashirinmay, Subaru Impreza'ga o‘tirdi va bir necha daqiqa avtoturargohda turdi.
Keyingi kuni videodagi ayol yo‘qolgan avtomobilni qaytarmoqchi bo‘ldi. U politsiyaga kechki payt o‘z tanishining Subaru'sini olib ketishi kerak bo‘lgani, ammo mashinalarni almashtirib yuborganini aytdi. Xatoga yo‘l qo‘yish oson edi, chunki nafaqat mashina markasi va rangi, balki kalitlar ham bir xil bo‘lib chiqdi. Shu bois ayol birovning avtomobilini o‘g‘irlab ketayotganini xayoliga ham keltirmagan.
Uning tanishi keltirilgan avtomobilni ertasi kuni ertalab ko‘rdi va shundagina nima ro‘y berganini anglab yetdi. U shu zahotiyoq "o‘g‘ri"ni avtomobilni qaytarishga jo‘natdi hamda uzr so‘rab bitilgan xat bilan sarflangan yoqilg‘i uchun pul qo‘shib berdi.
Politsiyada mashina egasiga Subaru'ning eski modellarida kalitlar bir xil bo‘lishi mumkinligi va bir necha avtomobilga to‘g‘ri kelishini tushuntirishdi.
Mavzuga oid
10:45
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
19:00 / 28.04.2026
«Aksiyadorlardan qarzdorlik yo‘q, kompensatsiya masalasida sudlashyapmiz» – Toshkent yog‘-moy kombinati AJ
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
18:28 / 07.04.2026