Prezidentning “Qurolli Kuçlar harbiy xizmatçilari va ayrim fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, 2026 yil 10 iyundan boşlab Toşkent va Samarqand şaharlarida harbiy xizmatçilarga turar joyni ijaraga olganlik uçun tölanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oşiriladi.
Şu bilan birga, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri mudofaa işlari boşqarmalari hamda tuman va şahar mudofaa işlari bölimlarida faoliyat yurituvçi fuqaro xodimlarning iş haqi ham kötariladi. Bunda çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik rahbarlari mazkur tartibdan mustasno hisoblanadi.
Qarorga köra, uşbu xodimlarning iş haqi 2026 yil 10 iyundan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan esa qöşimça ravişda 50 foizga oşiriladi.
Mazkur özgarişlar mehnatga haq tölaşning yagona tarif setkasi böyiça tarif koeffitsiyentlarini 2026 yil 10 iyundan 1,2 baravarga, 2027 yil 1 yanvardan esa 1,7 baravarga köpaytiriş orqali amalga oşiriladi.
Hujjat Qurolli Kuçlar tizimida xizmat qilayotgan harbiylar va fuqaro xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ularning moddiy ta’minotini yaxşilaşga qaratilgan.








